Matniy-tanqidiy nashrlar va tarjimalarning Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishdagi o‘rni
Ключевые слова:
tarixshunoslik, tarix, tarjima, nashrАннотация
Markaziy Osiyo davlatlari 1991-yilda Sovet Ittifoqi tarkibidan
chiqib mustaqillikni qo’lga kiritgandan so‘ng Markaziy Osiyoning qadimgi
tarixining turli yo‘nalishlari ustida ish olib boruvchi mahalliy va xalqaro
olimlar o‘rtasida hamkorlikning kuchayishi kuzatildi. Bu Sovet davridagi
tashrif va hamkorliklarga qo‘yilgan cheklovlarning olib tashlanishi bilan
bog‘liq edi. Ushbu tendensiya natijalaridan biri Markaziy Osiyo tarixini
o‘rganish uchun fors va chig‘atoy tillarida materiallarni asliyat tilida
tayyorlash va nashr etishning tez sur’atlar bilan o‘sishidir. Ushbu nashrlar
tanqidiy matnni qayta ko‘rib chiqish va tarjima shaklidagi (va ba’zi hollarda
ikkalasi ham) matnlarni o‘z ichiga oladi. Biroq, Sovet Ittifoqi tugatilishi
bilanoq, hukumat tomonidan ajratiladigan mablag‘larning qisqarishi,
ko‘plab mahalliy olimlarning asl nusxadagi matnni nashr etishni yakunlay
olmasligiga olib keldi. G‘arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyodagi xususiy
fondlar va tadqiqot institutlari ushbu bo‘shliqni to’ldirish va hamkorlikni
davom ettirish uchun zarur mablag‘ va resurslarni taqdim etishga
yordamlashdi. Markaziy Osiyoda har doim tarix va adabiyotshunoslik
fanlari bo‘yicha filologik tayyorgarlikning tagzaminlari mavjud bo‘lib
kelgan. Shuning uchun bu hamkorlik ilmiy va yetarlicha mahsuldor bo‘lgan
faoliyat uchun samaralidir.