About the Journal

Jurnal haqida

“O‘zbekiston: Til va madaniyat” jurnali 2017-yil 26-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan (sertifikat № 0936).

 Jurnal asoschisi:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-922X

“O‘zbekiston: til va madaniyat” akademik jurnal bo‘lib, tilshunoslik, tarix, adabiyot, tarjimashunoslik, san’at, etnografiya, falsafa, antropologiya va jamiyatshunoslik sohalariga oid asarlar nashr etadi.   

Jurnal yiliga to'rt marta nashr etiladi. 

Jurnalning maqsadi yangi, innovatsion g‘oyalarga boy, o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan, ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha dolzarb mavzular bo‘yicha bahs-munozaralarni rag‘batlantiradigan tadqiqotlarni nashr etishdan iborat. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida hamda boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Iqtisodiy tahlillar va siyosiy maqolalar chop etilmaydi. Jurnal shuningdek, kitob sharhlari, adabiyotlar sharhlari, konferentsiya hisobotlari va tadqiqot loyihasi natijalarini nashr etadi. Mualliflarning fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.