Turkistonda mustaqil matbuotning shakllanishi
Ключевые слова:
matbuot, Tarjimon, gazeta, Turkiston, BuxoroАннотация
Turkistonda milliy matbuotning shakllanishiga turtki bo‘lgan
omillar orasida Ismoil Gasprinskiyning “Tarjimon” gazetasi katta rol
o‘ynadi. “Tarjimon” o‘z sahifalarida Turkistonning kun tartibidagi muammolarini yoritish bilan bir qatorda mahalliy ziyolilarni tanitishga ham
xizmat qildi. XX asrning boshlarida Turkistonda shakllangan yangi
mustaqil matbuotning birinchi davri 1906-1908-yillarga to‘g‘ri kelgan
bo‘lsa, ikkinchi davri 1913-1915-yillarni qamrab oladi.
Maqolada Turkiston matbuotining shakllanishi, ularning asosiy
yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, milliy matbuot va jurnalistikaning
rivojiga to‘siq bo‘lgan muammolar davr nuqtayi nazaridan yoritilgan. Milliy
matbuotning asosiy muammosi sifatida moliyaviy jihat hamda obunachi
masalasi bo‘lganligi dalillar orqali ochib berilgan.