O‘zbekiston arablarining til xususiyatlari va etnolingvistik o‘zgarishlar

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.2/DSHE3166

Авторы

  • Sherzod Iskandarov

Ключевые слова:

etnomadaniy, etnolingvistik, etnografiya

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashovchi arablarining etnomadaniy identikligi (etnik o‘zligini anglash) va madaniyati etnografiyasi,
shuningdek, O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi arablarda
kechgan etnolingvistik o‘zgarishlar bilan bog‘liq jihatlar qiyosiy tahlil
etildi.
XX asrning o‘rtalariga qadar Rayimso‘fi, Xo‘jaquduq, Andabozor,
Boyterak, Darcha, Qanotli, Bo‘rixona, Pistali, Nomard, Olachabop, Og‘zikeng
singari o‘nlab qishloqlarda arab tilining mahalliy shevasi saqlangan.
Biroq bugungi kunda bu qishloqlarda arab tili bilan bir qatorda o‘zbek tili
jonli muloqot tili hisoblanadi. Arablar mahalliy xalqlar o‘zbek, turkman,
tojiklar bilan yaqin munosabatda yashab kelishgan. Shuningdek, ular etnik
o‘zligini anglashi, ya’ni o‘zini boshqalardan “biz va ular” deb ajratgan holda
etnomilliy qadriyatlarni ham unutishmagan. Jumladan, Jeynov, Jugari,
Chahdari kabi qishloqlarda arablarning etnomaniyati va til xususiyatlari,
Jeynov qishlog‘ida esa musiqa va raqs san’ati yaxshi saqlangan. Bu
qishloqda tashkil etilgan “Al-arabiy” ansamblining boy repertuari misolida
yaqqol kuzatiladi.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12