Islomdan oldingi Buxoroning qo‘shaloq tasvirli tangalari

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.2/VKMT4351

Авторы

  • G‘aybulla Boboyorov
  • Tatyana Abbasova

Аннотация

Islomdan oldingi Markaziy Osiyoning qo‘shaloq tasvirli tangalari
orasida Choch (Toshkent), Sug‘d va To‘xoriston tangalari (Janubiy
O‘zbekiston – Janubiy Tojikiston – Shimoliy Afg‘oniston) ancha ko‘p
o‘rganilgan, O‘tror (Janubiy Qozog‘iston) va Buxoro tangalari esa deyarli
o‘rganilmagan tangalar sirasiga kiradi. Ilk o‘rta asrlarda Buxoro o‘z
57
Uzbekistan: Language and Culture 2020/2
joylashuviga ko‘ra Amudaryo – Sirdaryo oralig‘ining ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon o‘lkalari o‘rtasida o‘zaro tig‘iz aloqalar o‘rnatilgan
hudud edi. Agar Choch, O‘tror va Farg‘ona Sirdaryo va Yettisuvning
ko‘chmanchi elatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kesimida joylashgan
bo‘lsa, Buxoro ushbu hududlardan Markaziy Osiyoning janubiga eltuvchi
yo‘nalishlar yaqinida o‘rin olgan edi. Bularning barchasi ushbu tarixiymadaniy o‘lkalarda o‘z izlarini qoldirdi.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12