Mahmudxo‘ja Behbudiyning tilshunoslikka oid tadqiqotlariga doir
DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.2/IQCI7644
Ключевые слова:
Behbudiy, jadidchilik, tilshunoslik, adabiy tilАннотация
Turkiston jadidchilik harakatining yetakchilaridan bo‘lgan
Mahmudxo‘ja Behbudiy serqirra iste’dod sohibi bo‘lgan. U noshirlik,
publisistika, jurnalistika sohasida faoliyat olib borish bilan birga yangi
o‘zbek ziyolilari orasida birinchilardan bo‘lib ilmiy faoliyat bilan ham
shug‘ullangan. Behbudiyning maktab darsliklari, ilmiy maqolalari, xususan,
til borasidagi fikrlari uning bu yo‘nalishda ham bir qator yutuqlarga
erishganini ko‘rsatadi. Tilga oid maqolalarida Behbudiy zamonaviy
tilshunoslik fanining eng dolzarb masalalariga e’tibor qaratadi va bu
sohadagi muammolar xususida ahamiyatga molik fikrlarni ilgari suradi.
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning shevashunoslik,
sotsiologiya va madaniy antropologiya bo‘yicha amalga oshirgan izlanishlari haqidagi tahlillar va xulosalar bayon etiladi.