KATTA TIL MODELLARI
Ключевые слова:
Katta til modellari, Large Language Models, LLM, n-gram til modeli, unigram, bigram, modelni baholash, mashinali oʻqitish.Аннотация
Bugungi kunda katta til modellari (Large Language Models, LLM) bir qancha sohalarning rivojiga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Katta til modellari aniqroq va ilgʻor NLP tizimlarini yaratishga yordam beradi. Katta til modellari – bu katta hajmdagi matnli ma’lumotlarga oʻqitilgan sun’iy intellekt (artificial intelligence, AI) dasturiy ta’minoti boʻlib, til ilovalarini tushunish va tahlil qilish uchun chuqur oʻrganish – mashinali oʻqitish (machine learning, ML) algoritmlari deb ataladigan ilgʻor dasturlash texnologiyasidan foydalanadi. Ushbu til modellari turli NLP vazifalarini bajarish uchun qoʻllanilishi mumkin, masalan, matnni tarjima qilish, kontent yaratish, hissiyotlarni tahlil qilish va boshqalar. Ushbu maqolada LLMlarni ishlab chiqish bosqichlari va NLP ilovalariga qoʻllash usullari keltiriladi.