O‘zbek tili diplomatik terminlarining semantik tasnifi

Авторы

  • Sanjar Mavlyanov

Ключевые слова:

diplomatik termin, leksema, semantik tasnif, diplomatiya tili, diplomatik nutq.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida erishilgan natijalarni yanada to‘ldirish, takomillashtirish maqsadida o‘zbek tili diplomatik terminlarining semantik tasniflari yoritilgan. Diplomatik terminlarning mazmunini anglash, ularning semantik maydonini yеtarlicha baholay olish, diplomatik faoliyat jarayonida ulardan o‘z o‘rnida foydalanish diplomatik ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jahon diplomatiyasi til birliklaridan kelib chiqib o‘zbek diplomatik terminlarining izohli lug‘atlarini shakllantirish, ulardan foydalangan holda semantik tasniflarini takomillashtirilgan tartibda ishlab chiqishimiz diplomatiyada qo‘llanuvchi har bir terminning semantik doirasini aniq belgilashga, mazmun ko‘lamini yеtarlicha anglashga zamin yaratishi hamda diplomatlarning samarali ish faoliyatida muhim rol o‘ynayishi tahlilga tortilgan. Ushbu maqolada o‘zbek tili diplomatik terminlarning mazmun-mundarijasiga ko‘ra 16 turdagi semantik tasniflari yoritilgan.

Загрузки

Опубликован

2024-08-16