Alisher Navoiyning lirik asarlarida takrirlarning sintaktik-semantik xususiyatlari

Авторы

  • Mardon Rahmatov

Ключевые слова:

sintaksis, tavtologiya, semantika, asosiy so‘z, deyktik bo‘lak, olmosh, she’riy nutq, estetik vazifa, uslubiy vosita, yuklama.

Аннотация

Alisher Navoiyning lirik asarlarida sintaktik tavtologiyalar she’riy matnning sintaktik strukturani tashkil etuvchi til birliklaridan sanaladi. Bunday qurilmalar hozirgi o‘zbek tilida (she’riyatida) mavjud emas. Shuning uchun ularning mumtoz lirik asarlar strukturasidagi o‘rni, vazifasini o‘rganish va bilish nihoyatda muhim. Mazkur sintaktik birliklar she’riy matn strukturasiga shoir tomonidan maxsus kiritilgan va o‘zining poetik maqsadiga bo‘ysuntirilganligi uchun ularning she’riy jumla tarkibida ortiqchaligi sezilmaydi. Alisher Navoyning lirik asarlarida qo‘llangan bunday noodatiy qurilmalar – sintaktik tavtologiyalarni diaxron aspektda o‘rganish ularning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy asoslashga va muayyan xulosalar yasashga imkon beradi.

Загрузки

Опубликован

2023-10-03