Oʻzbek va qozoq yor-yorlarining boshqa toʻy qoʻshiqlari bilan munosabati
Keywords:
urkiy folklor, janr, qiyosiy tahlil, o‘lan, yor-yor, marosim, qofiya, an’ana, ijrochilik san’ati.Abstract
Turkiy xalqlarning to‘y marosimlariga oid “Yor-yor” qo‘shiqlari- ning o‘ziga xos ijro o‘rni, ijro usuli, ifoda maqsadi, she’riy xususiyatlari, tuzilishi, qofiyalanishi tahlil qilinganda janrning o‘ziga xos va o‘xshash jihatlari ko‘zga tashlanadi. O‘zbeklarda “yor-yor”, qozoqlarda “jar-jar” naqorati bilan ijro etilgan to‘y qo‘shiqlaridagi badiiy ifodalarning xalqona shakli, to‘y marosimi jarayonida nutqning o‘rni, ijrochilarning ijro maho- rati, xarakteri, tasvirlarning xususiyatlari, sehrli inonch-e'tiqodlarning mavjudligi qiyosiy tipologik tahlilni talab qiladi. Xususan, qaynota, qaynona, opa-singilning xonadon hayotidagi o‘rni, dunyoqarashini ifodalash asarning kompozitsion yaxlitligini ta’minlashda muhim omil sifatida qaraladi.
Maqolada o‘zbek va qozoq yor-yor qo‘shiqlarining nikoh to‘yga oid boshqa marosim qo‘shiqlari bilan uzviyligi o‘rganilgan. Ayniqsa, qozoq nikoh to‘y marosimi ichida kichik marosimlarning uchrashi hamda ularda ijro etiladigan qo‘shiqlarning mazmun-mohiyati yoki ijro o‘rni o‘xshash o‘zbek to‘y marosim qo‘shiqlari bilan qiyosiy tipologik jihatdan tahlil etilgan.