SON SO‘Z TURKUMINI GRAMMATIK POS TEGLASHNING LINGVISTIK MODELLARI
Keywords:
Son so‘z turkumi, grammatik teglash, lingvistik modellar, POS teglash, tahlil, neyron tarmoqlar, transformer modellar.Abstract
Mazkur maqola son so‘z turkumini grammatik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, POS (Part-of-Speech) teglash jarayonida lingvistik modellarni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Ushbu tadqiqot son so‘z turkumining tilshunoslik va kompyuter lingvistikasi uchun ahamiyatini ochib beradi. Maxfiy Markov modellar, neyron tarmoqlar va zamonaviy transformer modellar yordamida son so‘z turkumini aniqlash usullari ko‘rib chiqildi. Ushbu usullarning o‘zbek tiliga moslashuvchanligi va samaradorligi tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari son so‘z turkumi bilan ishlashda yangi metodologik yondashuvlarni tavsiya etadi va kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Downloads
Published
2025-01-20
Issue
Section
Maqolalar