BILIMGA ASOSLANGAN YONDASHUVLAR ASOSIDA OMONIMIYANI FARQLASH
Keywords:
Omonimiya, so‘z ma’nosi, bilimga asoslangan yondashuv, Lesk algoritmi, tabiiy tilni qayta ishlash.Abstract
Mazkur maqolada omonimiyani farqlash muammosining dolzarbligi va yechimlar yondashuvlari tahlil qilingan. Omonim so‘zlarning ma’nosini avtomatik aniqlash tabiiy tilni qayta ishlash sohasida muhim masala bo‘lib, u qidiruv tizimlari, mashina tarjimasi va semantik tahlil kabi ilovalarda qo‘llaniladi. Bilimga asoslangan yondashuv va Lesk algoritmi orqali omonim so‘zlarning kontekst asosida to‘g‘ri ma’nosini aniqlash usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu usullar ko‘plab tillarda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan bo‘lib, ular O‘zbek tilida ham omonimiyani farqlash uchun mos kelishi mumkin.
Downloads
Published
2024-12-17
Issue
Section
Maqolalar