O‘zbek tilidagi duolarda muqaddaslik timsoli ifodasining sotsiologik talqini
Keywords:
duolar, muqaddaslik, qadriyatlar mo‘ljali, folklor, tafakkur, ong, tuyg‘u, din sotsiologiyasi, mistika, afsona, qadriyat, madaniyat, marosimlar.Abstract
Maqolada muallif diniy munosabatlarda alohida o‘rin tutadigan “duo”lar timsolini “muqaddaslik” kategoriyasi orqali qiyosiy tahlil etadi. Muammoni yoritishda sotsiologik nazariy-metodologik konsepsiyalar bevosita dala tadqiqot natijalarining ma’lumotlari bilan bayon qilingan. Shuningdek, duolarni muqaddaslikning davriy ko‘rsatkichlardagi ijtimoiy xususiyatlari va uning axborotlashgan jamiyatga transformatsiyalashuvi sotsiologiya pozitsiyasidan turib tahlil etilgan. Duolar “muqaddaslik kodi” sifatida ko‘tarilar ekan, muallif uning tadqiqot obyektini nafaqat diniy mazmun, balki falsafiy, antropologik, estetik, psixologik, lingvistik va tarixiy xususiyatlari bilan muammo sifatida axborotlashgan zamonaviy jamiyatga tatbiq etish masalasini ilgari suradi. Muammoning nazariymetodologik asosini ramziy interaksionizm, strukturalizm va tizimli yondashuvlar nazariyalari tashkil etadi. Umuman olganda, duolarning o‘zgaruvchan jamiyatda muqaddaslikning ijtimoiy timsoli ko‘rinishida an’anaviylikdan zamonaviylikka transformatsiyalashib borishidagi sotsiomadaniy jihatlari kompleks mulohaza uchun havola etilgan.