Iskandarnomalarda yunon donishmandlari obrazi
Keywords:
Iskandar, Aleksandr, yunon donishmandlari, obraz, Suqrot, Aflotun, Arastu, xamsa, badiiy talqin, tarixiy va adabiy ta’sir.Abstract
Iskandar mavzusi dunyo va adabiyot tarixida Aleksandr Makedonskiy fenomeni bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi va asrlar davomida keng tarqaldi. Ushbu mavzu Alisher Navoiy davriga qadar qariyb XX asrlik tarixga ega bo‘lib ulgurgan edi. E’tiborli tomoni shuki, bu mavzu xamsanavislik an’anasiga Nizomiy Ganjaviy tomonidan ilk bor olib kirildi va asosiy e’tibor jangnomalik xususiyatiga qaratildi. Iskandar mavzusi har qancha asrlar o‘tsa ham, madaniyatlar, e’tiqodlar qurshovida qolsa ham, o‘zining asl belgilarini saqlab qola oldi. Mazkur mavzuning asliyatiga ishora qilib turuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri yunon donishmandlari obrazlari bo‘lib, ular sharqdagi iskandarnomalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Garchi ushbu obrazlar ham sharqona dunyoqarash va islom mafkurasi ta’siriga uchragan bo‘lsalar-da, ular butunlay “o‘zligini” yo‘qotgan emas. Ushbu obrazlarning genezisi va tadrijiy takomilini tadqiq etish, ularning badiiy tasvirlarini o‘rganish – muayyan ijodkorlarning ijodiy individualligi, dunyoqarashi va mahoratini tasavvur qilishga yordam beradi. Shu bois ushbu maqolada yunon donishmandlari obrazlari Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” va Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” dostonlari misolida tahlil etilgan. Masalaning tarixiy takomili, miqyosi va Navoiy ijodida qayta ishlanish jarayoni ochib berilgan.