TIL KORPUSLARIDA MATNLARNI ANNOTATSIYALASH: AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI

Authors

  • Mastura Primova

Keywords:

Post-tegging, lemmatizatsiya, sintaktik tahlil, annotatsiya, coreferens annotatsiya, pragmatik annotatsiya, stilistik annotatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada korpus annotatsiyasi, annotatsiya turlari, afzalliklari, kamchiliklari ko‘rib chiqiladi. Korpus ma’lum maqsadda yig‘ilgan matnlar majmuyini tashkil etuvchi til birliklari yig‘indisi, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma va og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan online yoki offline tizimda ishlaydigan matnlar jamlanmasi. Tilshunoslikka oid tadqiqotda fakt bilan ish ko‘riladigan hollarda material yig‘ilishi, sistemaga solinishi lozim. Bunday katta hajmli ishni bajarishda korpus vaqt va mehnatni tejaydigan ish quroli vazifasini bajaradi. U texnik jarayonni tezlashtiruvchi vosita bo‘libgina qolmay, muayyan tilning zamonaviy shakliga xos axborot tizimi ham bo‘lib, kutilmagan savolga javob bera oladigan, til hodisasi bilan shug‘ullanadigan soha oldiga avval ko‘rilmagan dolzarb muammolarni qo‘ya oladigan tizim.

Downloads

Published

2024-06-11