Birinchi turkologiya qurultoyi va plenumida turkiy tillardagi singarmonizm muhokamasi
Keywords:
Birinchi turkologiya qurultoyi, singarmonizm, unli tovushlar, Bakir Cho‘ponzoda, Olimjon Ibrohimov, Shokirjon Rahimiy, Usmonov.Abstract
Turkiy tillar rus istilosidan keyin dastlab chor ma’murlarining, keyin bolsheviklar tuzumining qattiq nazoratida bo‘ldi. Mazkur tillarning tovush tizimi, alifbosi, imlosi, so‘z boyligi, qo‘llanishi kabi sohalarini o‘zgartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirib borildi. Tadqiqotlarda bu tillarning mushtarak xususiyatlariga e’tibor berilmagani holda, birbiridan ajratib turadigan tomonlari bo‘rttirib ko‘rsatildi. Maqolada ushbu masalalardan birining ildizini ochish maqsadida 1926-yilda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida, turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi haqidagi bahslar ilk marotaba tahlil qilingan. Bakir Cho‘ponzoda, Olimjon Ibrohimov, Shokirjon Rahimiy va Usmonovlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘rganilgan. Natijada Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida turkiy tillardan singarmonizmni chiqarishga harakat bo‘lganligi aniqlangan.