Lisoniy shaxs tushunchasi va uning lingvistik talqini

Authors

  • Marhabo Umurzoqova

Keywords:

lisoniy shaxs, lisoniy shaxs tiplari, leksik birlik, idiolekt, badiiy obraz.

Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslikda lisoniy shaxs tushunchasining paydo bo‘lishi va talqini masalasiga e’tibor qaratilgan. Tilshunoslikning nisbatan yangi sohasi hisoblangan lingvopersonologiyada til va inson munosabatiga yondashuv, mazkur sohaning o‘rganish obyekti va vazifalari ochib berilgan. Lisoniy shaxs tushunchasi, uning tuzilishi, tiplari, darajalari haqidagi qarashlar tahlil qilingan. Lisoniy shaxsga berilgan ta’riflar xilma-xil va turlicha, bu uning ko‘p qirrali va murakkab hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur masala tilshunoslikda turli aspektda o‘rganilgan bo‘lib, ulardagi o‘ziga xosliklar va umumiyliklar ko‘rsatib berilgan.
Maqolada lisoniy shaxs tushunchasiga lingvodidaktik, lingvokulturologik, lingvopoetik, sotsiolingvistik, psixolingvistik, kognitiv-stilistik aspektda yondashilgan ishlarga munosabat bildirilgan. Tilning, xususan, o‘zbek tilining ifoda imkoniyatlarini ko‘rsatishda lisoniy shaxsning o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratilgan.

Downloads

Published

2024-08-15